O‘n yoshli qora tanli qizning hayoti ikki nafar mast va shafqatsiz oq tanli erkak tufayli barbod bo‘ladi. Missisipi shtatining Ford okrugida joylashgan, aholisining aksariyati oq tanlilardan iborat Klanton shahri bu g‘ayriinsoniy jinoyatdan larzaga keladi va dahshatga tushadi — toki qizning otasi avtomat qurol qo‘lga kiritib, adolatni o‘z qo‘li bilan qaror toptirmaguncha.

