Kitob haqida:
Jon Steynbekning "kechki" asari. "Men ilgari yozgan barcha asarlarim, ma’lum ma’noda, faqat ushbu romanni yaratishga tayyorgarlik bo‘lgan", - degan edi yozuvchi o‘z asari haqida.
Konservativ tanqidchilarning g‘azabini qo‘zg‘atgan roman uzoq vaqt davomida milliy bestsellerlar orasida birinchi o‘rinni egalladi va bosh rolda Jeyms Din ishtirok etgan klassik filmga asos bo‘ldi.
Oilaviy doston...
Ishq va nafrat, ishonch va xoinlik, xato va jinoyatlar tarixi...
Biroq eng avvalo, Kaliforniyalik Adam Traskning ikki o‘g‘li, o‘ziga xos Qobil va Hobil haqidagi hikoya. Ularning har biri bu dunyoda o‘z o‘rnini topishga intiladi, ammo ular tanlagan yo‘llar qanchalik farq qiladi...
"Sen qila olasan" - Injil apokrifidagi bu so‘zlar romanning o‘ziga xos ramziga aylanadi.
Sen qila olasan - yomonlik yoki yaxshilik qilish, qurbon bo‘lish yoki shafqatsiz yirtqichga aylanish.

