Asosiy texnik xususiyatlari
Maksimal balandligi: 140 sm – keng burchakli va koʻpchilik boʻlib rasmga tushish uchun juda qulay.
Yigʻilgan holatdagi uzunligi: 42 sm – sumkada olib yurish uchun ixcham oʻlcham.
Yuk koʻtarish quvvati: 1.5 kg gacha – smartfon va yengil kameralarni bemalol koʻtara oladi.
Materiali: Yuqori sifatli alyuminiy qotishmasi va mustahkam ABS plastik.
Biriktirgich (Rezba): Standart 1/4 dyuymli vint – koʻplab qurilmalarga mos keladi.
Afzalliklari va imkoniyatlari
Universal telefon ushlagich: Alohida adapterlarsiz deyarli barcha zamonaviy smartfonlarni mahkamlash imkonini beradi.
Masofaviy pult: Korpusga oʻrnatilgan, yechib olinadigan Bluetooth pulti yordamida 10 metrgacha masofadan turib rasm yoki videoga olish mumkin.
Qoʻshimcha jihozlar uchun joy (Cold Shoe): Telefon ushlagichining yuqori qismida tashqi mikrafon yoki LED chiroq oʻrnatish uchun maxsus slot mavjud.
Mustahkam oyoqlar: Oyoqlarining pastki qismi sirpanmaydigan rezina bilan qoplangan boʻlib, toʻliq ochilganda ham muvozanatni yaxshi saqlaydi.

