Bu kitob aynan SIZ haqingizda. Ya’ni, menga har kuni xat yozadigan va savollariga shaxsiy xabarlar orqali javob beradigan qizlar, yosh ayollar, yetuk yoshdagi ayollar va momolar (hatto erkaklar!) haqida. Unda barchamizni qiynaydigan qo‘rquvlar — xoh u ayollarga xos, xoh umuminsoniy bo‘lsin — jamlangan: yolg‘iz qolish, qarish, o‘lim, hech qachon yaxshi ona bo‘la olmaslik yoki hatto ko‘zlarga chiroyli va mukammal "strelka" (chiziq) chizish san’atini o‘zlashtira olmaslik qo‘rquvi.
Bu kitob hayotingizni "Meni tushunishmayotgani uchun juda qiynalyapman" degan holatdan "Meni tushunishmayotgani unchalik ham tashvishlantirmaydi"ga, pirovardida esa "Agar meni tushunmasangiz — bu sizning muammoingiz" degan darajaga olib chiqish haqidadir.

