Said Axmad: Jimjitlik
«Jimjitlik» romani 1986—1987 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida davomli e’lon qilindi. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti uni 1989 yilda 150 000 nusxada bosib chiqardi. Biroq, senzura muallifni ogohlantirmay, hatto unga sezdirmay, asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Oqibatda, «mayib» asar o‘quvchi quliga tegdi. Muallif o‘tgan o‘n to‘rt yil davomida romanni qayta tiklash uchun ko‘p urindi. U asarni qayta ishlash jarayonida bugungi kun talablarini nazardan qochirmadi. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag‘ishlangan.
Saxifa 400
Muqova qattik
Yozuv lotin
Said Axmad: Yukotganlarim va topganlarim
Ushbu kitob muallifi - O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqt birga bo‘lgan. Ularga safarlarga hamrohlik qilgan. Xalqimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurla kunlarida ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘qimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir.
Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaho gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar.
Kitobning ikkinchi bobida xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi.
Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshdan kechirgan muallifning iztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi.
Saxifa 341
Mukova kattik
Yozuv lotin
Said Amad: UFK romani
«Ufq» trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘zbekiston Qaxramoni Said Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiya XX asr millat hayotining o‘n yillik davri — ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko‘ksidagi armonlar, shu munosabatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
Saxifa 632
Mukova kattik
Yozuv kiril
Gildirak
Ҳажвиёт Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмаднинг ижодида алоҳида ўрин тутади. Севимли адибимиз сатира ва юмор тиғини ҳаётда мустаҳкам ўрин тополмаган, енгил-елпи кун кўрувчи, олға юришимизга тўсқинлик қилувчи маънавий қашшоқ кимсаларга қаратади. Бу жиҳатдан айниқса унинг ҳам кулдирувчи,ҳам ўйлатувчи "Келинлар қўзғалони", "Куёв", "Фармонбиби аразлади", "Ҳасан ва Ҳусан" комедиялари, нишонга аниқ тегадиган киноя билан йўғрилган ҳажвий ҳикоялари ва миниатюралари диққатга моликдир. Ушбу тўплам орқали сиз, азиз китобхон, ана шу ажойиб асарларнинг қаҳрамонлари билан учрашасиз. Тўпламдан ўрин олган қисса - "Ғилдирак"да муаллиф мол-дунёга ҳирс қўйган кишиларнинг маънавий инқирозини аччиқ киноя билан тасвирлайди.
Said Ahmad-Hijron Kunlari
Sahifa-254 bet
Muqova qattiq
Yozuv oq rangda
Said Ahmad-45 kun
Sahifa-287 bet
Muqova qattiq
Yozuv oq rangda
Said Ahmad-Ufq bo’sag’asida
Sahifa-239 bet
Muqova qattiq
Yozuv oq rangda
Said Ahmad-Poraxo’rning o’limi
Sahifa-249 bet
Muqova qattiq
Yozuv oq rangda
Qorako'z majnun
Sahifa-231bet
Muqova qattiq
Cho'l burguti
Sahifa-151 bet
Muqova qattiq
Umrim Bayoni
Sahifa-208 bet
Muqova qattiq

