Samsung S25 Ultra uchun ultra ingichka Air Skin shaffof g'ilofi — mukammal himoya va nafislik!
Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoningizning asl go'zalligi va rangini saqlab qolgan holda uni ishonchli himoya qilishni xohlaysizmi? Air Skin seriyasidagi ultra ingichka shaffof g'ilof aynan siz uchun yaratilgan.
Asosiy afzalliklari:
- Ultra ingichka va yengil (0.3 mm): G'ilof qalnliligi bor-yo'g'i 0.3 mm ni tashkil etadi, bu smartfoningizning o'lchami va vazniga deyarli ta'sir qilmaydi. Qo'lda ushlash juda qulay va ixcham.
- Kristaldek shaffoflik: Yuqori sifatli shaffof material smartfoningizning premium dizaynini yashirmaydi, aksincha uning asl ko'rinishini ta'kidlab turadi.
- Kamera va korpus himoyasi: Kamera ob'ektivlari va ekran atrofi uchun maxsus loyihalashtirilgan bo'lib, qurilmani tekis yuzaga qo'yganda tirnalishlardan saqlaydi.
- Mukammal moslik (100% aniqlik): Samsung S25 Ultra uchun maxsus ishlab chiqilgan. Barcha dinamik, mikrafon, zaryadlash porti va tugmalar uchun aniq kesimlar mavjud.
- Nozik va yoqimli faktura: Qo'ldan sirpanib ketmaydi va barmoq izlarining kamroq qolishini ta'minlaydi.
Xususiyatlari:
- Mos keluvchi model: Samsung Galaxy S25 Ultra
- G'ilof turi: Bamper / Qopqoq (Back cover)
- Qalinligi: 0.3 mm
- Rangi: Shaffof (Clear)
- Material: Yuqori sifatli, egiluvchan va bardoshli silikon / polikarbonat
- Xususiyatlari: Ultra ingichka, kamera va tugmalar uchun aniq o'lchamdagi kesimlar
Smartfoningizni ortiqcha hajmsiz, yengil va ishonchli uslubda himoya qiling!