Bir paket chips. O‘n olti yoshli Rashad burchakdagi do‘kondan aynan shu narsani olmoqchi edi. Ammo uning o‘rniga u mushtini ishlatishga o‘ch politsiyachi Pol Galluzzoga duch keladi. Galluzzo Rashadni o‘g‘ri deb o‘ylaydi; yigitning hech narsa o‘g‘irlamagani haqidagi so‘zlarini tajanglik yoki qo‘pollik deb qabul qiladi; do‘kondan chiqishni istamaganini hibsga olinishga qarshilik ko‘rsatish deb baholaydi; politsiyachining har bir zarbasidan cho‘chib tushishini qarshilikni davom ettirish va buyruqqa binoan "qimirlamay turish"dan bosh tortish deb talqin qiladi. Axir, kimdir yuzingizni beton yo‘lakka urib ezayotgan paytda qanday qilib qimirlamay turish mumkin?

