Jeyms — tirikchilik o‘tkazishga qiynalayotgan ko‘cha musiqachisi.
Bob — uxlash uchun iliq joy izlayotgan daydi mushuk.
Jeyms va Bob uchrashgach, ular o‘rtasida Tailanddan tortib Turkiyagacha bo‘lgan hududlarda kitobxonlar mehrini qozongan, hech qachon unutilmas do‘stlik rishtalari o‘rnatiladi.
"Bob ismli ko‘cha mushugi" (A Street Cat Named Bob) asari xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi: u Angliyada ketma-ket 52 hafta davomida eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatidan joy oldi va dunyoning 26 mamlakatida sotildi.

