Hayotni barcha ko‘rinishlari bilan sevmaydigan fransuz ayolini hech qachon uchratmaysiz. Nonushtada kruassan va nafis finjondagi xushbo‘y qahva; qanchadan-qancha xotiralarni uyg‘otuvchi atir tomchisi; chorrahada notanish odamga qaragan sirli nigoh... Fransuz ayolining har bir kuni o‘zgacha, chunki u har bir narsada joziba topa oladi.
Ilk bor dunyoning eng jozibali ayollari go‘zal hayot sirlari bilan o‘rtoqlashadilar: qanday qilib o‘z quvonch va ilhom manbayini topish; qanday qilib kamroq, ammo ko‘proq ma’no bilan xarid qilish; bir necha yevro evaziga qanday qilib millionga o‘xshab ko‘rinish; qanday qilib fransuzcha noz-karashma qilish (niyat bilan va shunchaki) va har kuni hayotdan qanday zavqlanish.
Ikkinchi kitob Jeymi Ket Kallan, "Fransuz ayollari yolg‘iz uxlamaydi" super bestselleri muallifi.

