Ta’qib va ehtiros haqidagi psixologik triller. Vanda nufuzli akademiyada ta’qibchisidan yashirinishga urinadi, ammo u yerda uni allaqachon kutib turganini aniqlaydi.
MUZA
U izimdan kelyapti. Meni kuzatib yuribdi. Meni qattiq sevib qolgan. Ammo omadim kelib, nufuzli yopiq Belmor akademiyasiga o‘qishga kirdim. Bu mening o‘tmish dahshatlarini unutish va meni o‘z ilhomparasti deb ataydigan ta’qibchidan qutulish imkoniyatimdir. Ammo akademiya devorlari ichida meni kutilmagan voqea kutmoqda.
U allaqachon bu yerda va qancha yolvormasam ham, nima qilmasam ham meni qo‘yib yubormaydi. Men tuzoqqa tushib qoldim, ammo osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emasman. Chunki ba’zida bitta yovuzlikni yo‘q qilish uchun hayotingga boshqasini kiritishga to‘g‘ri keladi.
YARATGUVCHI
Qizlarni birin-ketin yo‘q qilardim, ammo hech biri o‘sha yagona bo‘lishga loyiq topilmasdi, hech birida idealni ko‘rmagandim, nihoyat uni uchratgunimcha. Vanda Uilyamsning ko‘zlarida shunchalik g‘azab, iztirob va umidsizlik borki, qarshilik ko‘rsata olmayman. Uni sindirishga faqat men haqliman. Sevimli ilhomim hali bilmaydi, ammo u allaqachon menga tegishli. Uni ilk bor o‘sha dahshatli uyning derazasidan ko‘rgan kunimdan buyon.
Xavotir olma, azizim, qancha qarshilik qilmasang ham, seni u yerdan olib chiqaman. Chunki sening dahshatli maxluqing - menman. Faqat menman.

