• Yozuv Kirillcha
• Betlar soni 272
• Nashriyot Yangi Asr Avlodi
• Muqovasi Yumshoq
• Bolalarni tarbiyalashda yaxshi qo'llanma bo'lgan, oyning eng top kitoblari qatoridan doimiy joy olgan, jazosiz tarbiyalash usullari haqida soʻzlovchi kitobning 2-qismi yangi nashrdan chiqdi! 🎉
Farzandingiz qalbini tushunishni istaysizmi?
Farzand tarbiyasi — bu faqatgina intizom emas, balki mehr va tushunishdir. Dunyoga mashhur mutaxassis Adem Guneshning «Tarbiya empatiyasi» kitobi bolaning hissiy olamiga kirish uchun eng yaxshi qo‘llanmadir.
Ushbu kitobda nimalarni bilib olasiz?
Har bir ota-ona o‘qishi shart bo‘lgan, qalbni yumshatuvchi va ko‘zni ochuvchi asar.
📕Adem Gunesh, «Jazosiz tarbiya 2»
Farzand Yaratganning omonati, uning kamolotida ota-ona, taʼlim muassasalari va jamiyatning muhim o‘rni bor. Ayrimlar bola degani kattalar aytganiga ko‘nib, yelkasini qisib turishi shart, aslo o‘z fikrini bildirib mahmadonalik qilishi kerak emas, deb hisoblashadi. Bunday mute bolalar ulg‘aygach jamiyatga nima bera oladi? Aslida farzandi bilan kichik yoshidanoq kattalardek suhbat qurgan, savollariga javob bergan, mehr bilan tarbiya qilgan ota-onalar bu xatti harakatlari bilan asl insonni tarbiyalaydilar! Bolalarni, avvalo, inson qilib tarbiyalash ota-ona va taʼlim tizimining maqsadiga aylansa, biz tom maʼnoda shaxs sifatida shakllangan hur fikrli, har tomonlama yetuk avlodlarga ega bo‘lamiz!
"Tarbiya empatiyasi"
🌟 Bu risola bolani qoliplar, majburiy qoidalar va jazolarsiz tarbiyalash tamoyillariga asoslanadi. Asarda bolaning tabiiy rivojlanish sur’ati va ichki ehtiyojlariga hurmat bilan yondashish tarbiyaning markaziga qo‘yiladi.
✨ Mehr, e’tibor va hurmat — bola bilan munosabatning asosi sifatida talqin qilinadi. Farzandning ishoralarini tinglash, his-tuyg‘ularini anglash va ehtiyojlariga hassoslik bilan javob berish ota-ona va bola o‘rtasida sog‘lom, barqaror muloqotni shakllantiradi.

