Modelning afzalliklari:
- Ko‘p funksiyalik: Konstruksiya ochiq javonlar va mustahkam ilgaklarni o‘zida birlashtirgan. Bu esa nafaqat ustki kiyimlarni, balki bosh kiyimlar, sumkalar, sharflar, shuningdek, turli aksessuarlar va dekor buyumlarini ham saqlash imkonini beradi.
- Keng sig‘im: Kiyim-kechaklar uchun 4 ta ishonchli ilgak hamda kalitlar, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar, kitoblar, kosmetika yoki yoqimli xona o‘simliklarini qulay joylashtirish uchun 4 ta ochiq javon ko‘zda tutilgan.
- Sifatli materiallar: Mahsulot kundalik vaznlarga chidamli, mustahkam va xavfsiz materialdan tayyorlangan. Yuzasi chang va kirlardan oson tozalanadi.
- Oddiy montaj (o‘rnatish): Kiyim ilgich devorga mustahkam qilib qotiriladi va polda ortiqcha joy egallamaydi. Bu esa, ayniqsa, ixcham dahlizlar (koridorlar) uchun juda mos keladi.
Bizning devorga o‘rnatiladigan kiyim ilgichimiz bilan uyingizda shinam va amaliy makon yarating! Bu uy to‘ylariga ajoyib sovg‘a yoki dahlizingiz uchun foydali yangilanish bo‘ladi.