«Japanese Candlestick Charting Techniques» — Steve Nisonning texnik tahlil bo‘yicha dunyoga mashhur kitobi. Aynan ushbu asar tufayli yapon shamlari usuli butun dunyo treyderlari orasida keng ommalashgan.
Kitobda sham grafiklari, asosiy sham kombinatsiyalari, bozor psixologiyasi, trendning davom etishi va o‘zgarish signallari hamda texnik tahlil usullaridan foydalanish batafsil tushuntiriladi.
Sotuvda kitobning ikki xil nashri mavjud:
Kitob treyderlar, investorlar hamda fond bozori, Forex va kriptovalyuta bozorlariga qiziqadigan barcha uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi.
Xususiyatlari: Muallif: Steve Nison • Til: ingliz tili (original) yoki rus tili (tarjima) • Format: A5 • Muqova: yumshoq • Sahifalar soni: 340 • Janr: treyding, texnik tahlil, investitsiya • Maqsad: moliyaviy bozorlarni tahlil qilishni o‘rganish uchun kitob.

