Reaktivator jalo oksidlanish tufayli ifloslangan yoki ishlash sifati pasaygan payalnik uchlarini tiklash uchun mo‘ljallangan. Ushbu vosita jalo yuzasini tezda yangilaydi, uni himoya qiladi va yanada samarali qalaylash imkonini beradi. Ayniqsa, doimiy ishlatiladigan yoki eskirgan payalnik jalosini yangilashda foydalidir.
🔹 Model: TH-01 (8 gr), TH-03 (16 gr)
🔹 Tarkib: Metall kukunlari va flux komponentlari
🔹 Foydalanish sohasi: Elektronika ta’mirlash, nozik qalaylash jarayonlari
🔹 Afzalliklari: Oson qo‘llash, tez tiklash, uzoq muddatli natija

