• to‘liq oqsilli ovqatlanishning bir martalik o‘rnini bosadi;
• ishtahani nazorat qilishga yordam beradi va tez to‘qlik hissini ta’minlaydi;
• vazn kamayishiga yordam beradi;
• jismoniy faollik va chidamlilikni oshirishga yordam beradi;
• jismoniy mashqlar paytida mushak massasini tezroq oshirishga yordam beradi;
• ichakdagi foydali mikrofloraning o‘sishiga yordam beradi;
• suyak to‘qimasini va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi;
• mitoxondriyalarda energiya ishlab chiqarilishini oshirishga yordam beradi.
T8 ERA TO GO — 13 ta vitamin va 4 ta mineral modda bilan boyitilgan funksional oqsilli mahsulot.
U to‘g‘ri va past uglevodli ovqatlanish tamoyillariga amal qiladiganlar, vegetarianlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar, sog‘lom ichimliklar va mazali desertlarni yoqtiradiganlar uchun mos keladi.
Energiya-protein aralashmasining asosiy afzalligi shundaki, T8 ERA TO GO ning bir porsiyasi to‘liq oqsilli ovqatlanishning bir martalik o‘rnini bosishi mumkin. Bu ayniqsa jismoniy yuklamasi yuqori bo‘lgan va qo‘shimcha protein manbaiga ehtiyoji bor insonlar uchun muhim.
Mahsulot har doim ham tushlik qilish imkoniga ega bo‘lmaganlar, yo‘lda yengil tamaddi qiladiganlar hamda kuchli mashg‘ulotdan keyin oqsil yetishmovchiligini to‘ldirishga muhtoj bo‘lganlar uchun mos keladi.
T8 ERA TO GO — bu tez va qulay yechim. Sog‘lom va mazali kokteyl tayyorlash uchun faqat suv va energiya-protein aralashmasi kerak bo‘ladi, u esa to‘liq erib, bir xil konsistensiyaga keladi.
Siz T8 ERA TO GO yordamida yangi retseptlar yaratishingiz mumkin — ichimliklar va taomlarni o‘zingizcha tayyorlang. Ushbu mahsulot asosida to‘yimli kokteyllar va smuzilar tayyorlang! Shuningdek, sog‘lom pishiriqlar yoki rezavorlar va mevalar bilan proteinli muzqaymoq ham tayyorlash mumkin.

