• Izolenta
• Turli xil rangdagi elektr lenta
Ushbu PVX izolatsion lentamiz selsiy shkalasi bo’yicha 150 gradusgacha bo'lgan yuqori haroratlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Namlikka chidamli va yong'inga chidamli. O'rtacha mexanik kuchga ega bo'lsa-da, u ancha moslashuvchan - cho’ziluvcha va oson uzuluvchan. 7 hil rangda bo’lib, turli maqsadlarda ranglariga qarab ishlatiladi. Lekin bir narsaning unutmang-ki, ranglar uning sifat darajasini belgilamaydi. Ularning xarakteristikalari rangidan qat'i nazar, bir xil. Izolentalarning turli ranglarda bo’lishi – elektr simlarini ulanishida ustalarning ishni tartibga solish uchun mo’ljallangan. Masalan mutaxassislar quyidagi qoidalardan foydalanadilar: "neytral" va "nol" ni belgilash uchun "sovuq" ranglar, issiq ranglar esa fazalarni belgilaydi. Ushbu belgilarga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi sxemaga rioya qilgan holda turli xil rangdagi elektr lenta ishlatiladi. Batafsil ko’rib chiqamiz:
OQ - belgilash va markerovka qilishda hamda ochiq, toza va ko’rinadigan joylarda ishlatilinadi.

QORA, JIGARRANG – umumiy izolatsiya va ta’mirlash ishlarida (ba’zan fazali simlar bilan ishlashda) ishlatilinadi.

SARIQ – ogohlantirish va havf belgisi hisoblanib ba’zan fazani ko’rsatish uchun ham ishlatilinadi.

YASHIL – Havfsizlik belgisi hiosblanib ko’pincha yerga ulash ishlari uchun ishlatilinadi.
KO’K VA HAVORANG – elektr sxemalarni tartibga solishda va neytral simlarni ulash uchun ishlatilinadi
QIZIL – elektr tizimlarida ogohlantirish uchun, fazani (tok kelayotkan simni) belgilash uchun
KULRANG- neytral, kam ko’zxga tashlanadigan joylarda, kabelni tartibga solish uchun va estetik maqsadlarda va ko’pincha sanoat va ofislarda ishlatilinadi.

