• Bo‘yin o‘lchamlari va aylanasi: S (30-40 sm), M (40-50 sm), L (50-60 sm)
• Furnitura: kuchaytirilgan metall to‘qa va D-halqa (zanglamaydi)
• Bo‘yinbog‘ kengligi: S - 2 sm, M - 2,5 sm va L - 3,5 sm
• Rostlab (sozlab) olish: 5 ta teshik
• Barcha yoshdagi kuchuk va itlar uchun juda bop
• Kafolat: furnitura va choklar uchun 24 oy
• Materiali: 100% tabiiy charm
• Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O‘zbekiston (qo‘l mehnati)
It va kuchuk egalarilarning aksariyati bir xil muammolarga duch kelishadi – bo‘yinbog‘ tez yemirilib, furnitura zanglab, sintetikadan qilingan material bo‘yinni qizartirgani yetmaganidek, ustiga-ustak loyiq o‘lchamni tanlab olish ham mushkul. Oxiri-oqibat, ko‘kka sovurilgan pul va norozi (domangir) uy hayvoni.
Biz buning yechimini taklif etamiz – O‘zbekistonda qo‘lbola tarzda ishlab chiqilgan, tabiiy charmdan yasalgan bo‘yinbog‘. Uchta o‘lcham: S (bo‘yin aylanasi 30-40 sm, zoti maydalar), M (40-50 sm, zoti o‘rtachalar), L (50-60 sm, zoti yiriklar). Ikkita universal tusda: mumtoz qora va tabiiy jigar ranglar. Mustahkam metall furnitura kuchli siltashlarga bardosh berib, charm dag‘allashmay mayinligicha qolaveradi, ayozda darz ketmaydi va oftobda uniqmaydi.
Tasavvur qilinga: itingiz oliftagina, o‘z bo‘niga loppa-loyiq, ishqalanib lat etkizmaydigan, uniqib-yirtilib ketmaydigan va hatto bir yildan keyin ham xuddi yangidek ko‘rinadigan bo‘yinbog‘da sayr qilmoqda. Gipoallergen tabiiy material, aniq sozlab rostlab olish imkoniyati – hech qanday noqulayliklar yo‘q. Vositachilarsiz qo‘lbola ishlab chiqarish bozordagi eng hamyonbop narxlarda sotish imkonini beradi. Ekraningizga xos bo‘lgan sozlamalar tufayli mahsulot tusi fotosuratdagisidan bir oz farq qilishi mumkin, biroq uning sifati va uzoq muddat xizmat qilib berishi kafolatlangan.
Bundan buyon bir martalik bo‘yinbog‘ sotib olaman, geb tavakkal qilib ovora bo‘lib yurmang. O‘zbekistonda yasalgan qo‘lbola hamda ishonchli charm bo‘yinbog‘ni hoziroq savatga qo‘shing va qaramog‘ingizdagi uy hayvoni uchun aksessuarlar borasidagi muammolarni tamomila unuting!

