Agar "Eshigimni qoq" (You Knock on My Door) seriali kitob bo‘lganida...
Sesiliya Axern va Jojo Moyes romanlari ixlosmandlari uchun.
Londondan Istanbulgacha, Parijdan Bayrutgacha.
O‘n besh yil. O‘n to‘rt kun. Ular o‘rtasidagi mushtarak bir hayot.
Ebbi va Oz talabalik davrida tanishishgan. Turli muhitlardan kelganliklari sababli ularning birga bo‘lishi imkonsizdek tuyulardi, biroq ular o‘rtasida chuqur va sof muhabbat uyg‘ondi. Keyin Oz o‘zining ona shahri — Istanbulga qaytishga majbur bo‘ldi va ularning yo‘llari ayro tushdi.
Hozirda Ebbi boshqa bir erkakni sevadi va hayotining qolgan qismini u bilan o‘tkazishni orzu qiladi. Ammo u to‘satdan yana Ozga duch kelib qoladi. Ular bir-biriga intilishsa-da, har ikkisining ham zimmasida majburiyatlar, karyera va oila bor.
Bu kutilmagan uchrashuv hamma narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin.

