Jek Kenfild — muvaffaqiyat bo‘yicha mutaxassis hamda butun dunyo bo‘ylab 500 million nusxada sotilgan va 39 tilga tarjima qilingan 60 dan ortiq kitob muallifi. Uning yettita asari New York Times bestsellerlar ro‘yxatida yetakchilik qilgan va uning nomi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Afsonaviy Napoleon Xillning shogirdi bo‘lgan Kenfild Kaliforniyada hashamatli mulkka ega bo‘lib, The Oprah Winfrey Showdan tortib Good Morning Americagacha bo‘lgan yirik teleko‘rsatuvlarda muntazam ishtirok etadi hamda har bir chiqishi uchun kamida 25 000 dollar gonorar oladi. Uning yillik daromadi bir necha million dollardan oshadi.

