Ko‘pchilik Gari Chepmenning butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan «Sevgi tillari» (The 5 Love Languages) asari haqida eshitgan, ammo kamchilik bu tamoyillarni kasbiy munosabatlarda ham qo‘llash mumkinligini anglaydi.
Bir o‘ylab ko‘ring-a: hamkasblaringiz sizni qadrlashini his qilasizmi? Yoki kimnidir maqtamoqchi bo‘lasizu, ammo ikkilanib yoki noqulaylik sezib, buni amalga oshira olmaysizmi? Oqibatda, siz hurmat qiladigan inson his-tuyg‘ularingizdan bexabar qoladi!
Ushbu kitob kompaniya rahbari yoki oddiy xodim bo‘lishingizdan qat’i nazar, istalgan inson bilan to‘g‘ri muloqot yo‘lini topishga yordam beradi. Masalan, siz brend-menejerga bir necha og‘iz dalda so‘zlari kerak bo‘lishi, bosh buxgalter vaqtingizdan ajratilgan yarim soatni qadrlashi, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis esa samimiy qo‘l siqishni yuqori baholashi mumkinligini bilib olasiz.

