Ushbu kitobda siz Google’ning barcha kadrlar sirlari haqida birinchi shaxs nomidan hikoya topasiz: kompaniyada to‘g‘ri xodimlarni qanday izlashadi va ishga olishadi, xodimlarni qanday saqlab qolishadi va rag‘batlantiradilar. Uni o‘qib, Google’ni erkinlik, qat’iyat va ijodkorlik hukm suradigan, xodimlarni qadrlaydigan va tinglaydigan, ko‘pchilik ishga kirishni orzu qiladigan kompaniyaga aylantirgan kadrlar bilan bog‘liq qarorlar haqida bilib olasiz. Google muvaffaqiyatining retseptlari yirik va kichik kompaniyalar uchun ham ishlaydi. Ulardan rahbarlar ham, xodimlar ham foydalanishi mumkin.

