Jismoniy salomatlik, moliyaviy ahvol, boshqalar bilan munosabatlar va kasbiy muvaffaqiyat Iroda kuchiga bog'liq – bu ma'lum haqiqatdir. Lekin nega bizda bu Iroda kuchi tez-tez etishmaydi: bir lahzada biz o'zimizni nazorat qilamiz, ikkinchisida esa his-tuyg'ularga berilib, nazoratni yo'qotamiz?
Stenford professori Kelli Makgonigal so'nggi tadqiqotlar natijalarini sarhisob qilar ekan, yomon odatlarni sog'lom odatlarga qanday almashtirish, oxirgi daqiqaga kechiktirishni qanday to'xtatish, diqqatni jamlashni va stressni boshqarishni o'rganishni tushuntiradi. Makgonigal metodologiyasiga ko'ra, o'zingizda Iroda kuchini tarbiyalash hayratlanarli darajada oson-va sizga nima uchun kerakligi muhim emas: vazn yo'qotish, chekishni tashlash, sport bilan shug'ullanish, har besh daqiqada pochtani tekshirishni to'xtatish yoki yangi ish topish. Siz o'zingizning imkoniyatlaringizni qanchalik kam baholaganingizni tasavvur ham qila olmaysiz!

