«Futbolda IQ. Aql bilan o‘ynaydigan futbolchilar» — Den Blank yozgan bu kitob futbol haqidagi tasavvurlarni o‘zgartiradi. Muallif futbol maydonida g‘alaba faqat oyoqlarda emas, balki miyadadir, deb ta’kidlaydi. U fikrlash, sezgi va tahlil orqali futbolchilar qanday qilib soniyalar ichida to‘g‘ri qaror qabul qilishlarini va o‘yin oqimini boshqarishlarini tahlil qiladi.
Messi, De Bryuyne va boshqa yulduzlar misolida muallif futbol intellekti qanday ishlashini va u g‘alabaning kalitiga aylanishini ko‘rsatadi.
⚽ Ushbu kitob murabbiylar, futbolchilar va o‘yinni chuqurroq tushunishni istagan muxlislar uchun haqiqiy topilma.

