MagSafe himoya chexoli — iPhone’ni ishonchli himoya qilish va dizaynini saqlab qolishni istaganlar uchun qulay tanlov.
Chexolning oynadek shaffof korpusi iPhone’ning rangi va ko‘rinishini yashirmaydi. Qattiq va mustahkam material kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ichki qismidagi MagSafe magnit halqasi mos MagSafe aksessuarlari bilan qulay foydalanish imkonini beradi. Chexolni yechmasdan turib mos MagSafe zaryadlagich va boshqa magnitli aksessuarlardan foydalanish mumkin.
Kamera sohasi, tugmalar va portlar uchun aniq kesmalar telefonni qulay ishlatish imkonini beradi.

