iPhone 17 Pro uchun ushbu g‘ilof chiroyli dizayn va qulay foydalanishni ta’minlaydi. Yuzasi yumshoq teksturali bo‘lib, qo‘lda sirpanmaydi va yoqimli ushlanadi.
Asosiy afzalligi — kamera qismi ochiq (bo‘sh) kesim bilan: linzalar ustida shisha yoki qo‘shimcha qoplama yo‘q, shu sababli foto va video sifati o‘zgarmaydi.
G‘ilof telefonga zich o‘rnashadi, ortiqcha qalinlik bermaydi va barcha tugmalar hamda portlar uchun kesimlari aniq.

