iPad 11 A16 va iPad Pro 11 (2024–2025), ipad mini 6/ mini 7 modellari uchun mo‘ljallangan premium g‘ilof qurilmangizni jarayonida himoya qilish bilan birga, unga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi. Yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan korpus iPad’ni chizilishlar, mayda zarbalar, chang va kundalik ta’sirlardan himoya qiladi. G‘ilofning 360° aylanuvchi konstruksiyasi planshetni vertikal va gorizontal holatda qulay joylashtirish imkonini beradi. Bu esa film tomosha qilish, videoqo‘ng‘iroqlar, onlayn darslar, ishlash yoki o‘qish jarayonida maksimal qulaylik yaratadi.
Buklanuvchi magnitli old qismi 5 xil burchakda stend vazifasini bajaradi va turli burchaklarda foydalanish imkonini beradi. Matn yozish, rasm chizish, hujjatlar bilan ishlash yoki video ko‘rish, onlayn darslar, video qo'ng'iroqlar yanada qulaylashadi.
Stylus (Apple Pencil) uchun maxsus ajratilgan joy qalamni xavfsiz saqlash va kerakli paytda tezda foydalanish imkonini beradi. Bu ayniqsa dizaynerlar, talabalar, o‘qituvchilar va biznes foydalanuvchilari uchun qulay yechim hisoblanadi.
Aniq kesimlar tufayli barcha tugmalar, kamera, dinamiklar va zaryadlash portlaridan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanish mumkin. Qurilmaga mukammal moslashuvchi konstruktsiya iPad’ni ishonchli ushlab turadi va kundalik foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Afzalliklari:
• iPad 11 A16, iPad Pro 11 (2024–2025), ipad mini 6/ mini 7 bilan mos keladi
• 360° aylanuvchi mexanizm
• Buklanib stend vazifasini bajaradi
• Stylus uchun maxsus joy
• Chizilish va mayda zarbalardan himoya
• Yengil va qulay konstruktsiya
• Premium material va zomonaviy estetik dizayn
• Kamera, port va tugmalarga erkin kirish
• Ish, o‘qish va hordiq uchun qulay foydalanish
Qurilmangizni himoya qilish, undan yanada qulay foydalanish va zamonaviy ko‘rinish berish uchun ideal tanlov.
Xususiyatlari:
Material: TPU + PU
Rang: printli dizayn
Stend: 5 xil burchak gorizontal, vertikal, video ko'rish rejimi, matn yozish rejimi, rasm chizish rejimi
oson o'rnatiladi va yechiladi. suv o'tkazmaydi.

