Shu tariqa, ingliz tilida ijod qilgan eng buyuk faylasufning qarashlari to‘liq ifodalangan asar — Devid Yumning «Inson tafakkuri to‘g‘risida tadqiqot»i o‘z yakuniga yetadi. Uning tajribaga asoslangan mulohazalarni yoqlab, diniy ruhdagi falsafiy xayolotlarga xos «sofistika va illyuziya»ga qarshi keltirgan dalillari XVIII asrda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi; bugungi kunda ham — e’tiqod va fan o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etayotgan bir paytda — bu fikrlar o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

