"Inson ehtiroslari yuki" - Somerset Moemning ko‘p jihatdan avtobiografik romani. U dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan va uch marta ekranlashtirilgan, shuningdek, XX asrning 100 ta eng yaxshi ingliz tilidagi asarlari ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu romanni o‘qib chiqqan Teodor Drayzer Moemni "buyuk san’atkor", kitobini esa "dahoning ijod mahsuli" deb atagan.

