Soft Precision Lipliner — bu aniqlik va qulaylik uyg‘unligini qadrlaydiganlar uchun yaratilgan klassik kontur qalam. Muvozanatli teksturasi tufayli u yumshoq surtiladi va aniq hamda tartibli kontur chizishga imkon beradi. U nafaqat aniq chiziqlar uchun, balki butun labni to‘liq to‘ldirish uchun ham mos — qurish yoki taranglik hissisiz.
Optimal zichlikdagi grifel qulay surtilishni ta’minlaydi, sinib qolish xavfisiz teri ustida erkin sirpanadi va chiziqlarning aniqligini saqlaydi.
Pigmеnt lablarda mustahkam fiksatsiyalanadi, rang va kontur aniq qolishini kun bo‘yi ta’minlaydi — oqib ketmasdan va tuzatishga hojat qoldirmasdan.
Formulasi yuqori pigmentatsiyaga ega — hatto eng och tuslar ham zich yotadi. Bu ayniqsa tabiiy “nude” ranglari uchun muhim, chunki ular rangni aniq uzatishni talab qiladi.
Tarkibida parvarishlovchi xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan jojoba yog‘i mavjud: u lab terisini yumshatadi, qurishni oldini oladi va surtilishni maksimal darajada qulay qiladi. Shu tufayli qalam nafaqat lab shaklini ta’kidlaydi, balki kun davomida ularga g‘amxo‘rlik ham qiladi.
Qalam har qanday teksturadagi blesk va lab bo‘yoqlari bilan mos keladi. U lab bo‘yog‘i barqarorligini oshiradi, oqib ketishining oldini oladi va shaklning aniq qolishini ta’minlaydi.
Rastushovka qilinganda kontur va lab rangi o‘rtasida silliq o‘tish effekti yaratadi — bu ayniqsa “soft-lining” kabi zamonaviy texnikalarda muhimdir.
Sezgir teri uchun mos, parabensiz. Dermatologik jihatdan sinovdan o‘tgan. Format — klassik, o‘tkirlanuvchi.

