Kundalik tabiiy make-up uchun krem bronzer-stickni kashf eting! Bronzer teriga yengil quyoshda toblangandek ta’sir beradi. Yuz relyefini aniqroq qilish, yonoq suyaklarini ajratish va ularning ostini chizishda yordam beradi.
Bu ko‘p funksiyali mahsulot bo‘lib, yuz va tana uchun ishlatish mumkin. Bronzer-stick zamonaviy va qulay qadoqqa ega bo‘lib, kun davomida tezda yangilash uchun juda qulay. Kundalik make-up uchun ajralmas mahsulot, u biroz toblangan, tabiiy silliq teri effektini yaratadi.
– Krem konturing uchun ideal
– Oson qo‘llaniladi
– Yengil kremli teksturaga ega
– Yuqori barqarorlikka ega
– Go‘zal, tabiiy yakun yaratadi
– Rang intensivligini oson nazorat qilish imkonini beradi
– Uzoq muddatli, tabiiy natija beradi
– Yengil tarqaladi
– Terni sezilarli darajada namlaydi
– Dog‘ qoldirmaydi
– Tonal kremni “yemaydi”
– O‘rtacha qoplamani ta’minlayd
Qo‘llash texnikasi:
– yonoq suyaklari bo‘ylab
– soch o‘sish chizig‘i bo‘ylab
– burun ustidan
– iyak konturi bo‘ylab
*Tarqalish iloji boricha yumshoq bo‘lishi kerak, shunda o‘tishlar tabiiy ko‘rinadi.
Kolleksiya 3 ta ehtiyotkorlik bilan tanlangan rangni o‘z ichiga oladi:
110 cool brown – sovuq tusli tabiiy jigarrang. Oq va sutday oppoq teriga ega qizlar uchun mos. Eng tabiiy effekt uchun bronzerni faqat yuzga emas, balki bo‘yin, qo‘l, boldir kabi ochiq joylarga ham suring. Bir necha cho‘tka harakati va Vau-effekt kafolatlangan!
111 medium brown – universal rang, u oq-sariq teriga ega qizlarga ham, biroz toblangan teri egalari uchun ham mos keladi. Neytral-iliq tusli, qizilga o‘tmaydi. Har qanday teri va make-up toniga chiroyli moslashadi.
112 warm brown – eng issiq va intensiv rang, qoramag‘iz va toblangan teri egalari uchun.

