Yangi Soft Matte formulasi to‘kilmaydigan, baxmaldek silliq va mat qoplama yaratadi. Uning noyob konsistensiyasi qovoqda mukammal tarzda tarqaladi va rang intensivligini osonlik bilan boshqarish imkonini beradi. Kundalik pardoz uchun juda mos keladi — nafis va tabiiy effekt beradi, shuningdek, dadilroq kechki obrazlar va intensiv smoky eyes uchun asos sifatida ham ishlatiladi. Rang intensivligini o‘zgartirish imkoniyati yengil rastushyovka yaratishga va nigohga chuqurlik qo‘shishga yordam beradi.
Tenlar qovoq burmasida to‘planmaydi, qovoqni og‘irlashtirmaydi va Sparkling yoki Twinkle kabi boshqa formulalarni mukammal to‘ldiradi. Palitrada sakkiz xil rang mavjud bo‘lib, ular orasida bej, iliq ochiq ranglar va to‘q jigarrang tenlar ustunlik qiladi.
Biz tavsiya qilamiz: yanada yaxshi yopishish va pigment intensivligi uchun Eye Shadow Keeper — ko‘z uchun ten bazasidan foydalaning.

