INGLOT’dan Duraline — bitta tomchi, cheksiz imkoniyatlar.
Pardoz olamidagi haqiqiy afsonani kashf eting — oddiy vositalarni yanada mukammal qiladigan shaffof suyuqlik Duraline bilan.
Bu universal, ko‘p funksiyali mahsulot bo‘lib, u har qanday vazifaga moslasha oladi: pardozning chidamliligini oshiradi, uni suvga chidamli qiladi, qurib qolgan mahsulotlarning tuzilishini tiklaydi, ranglarni maksimal darajada ochib beradi.
Bitta tomchi Duraline quyidagilarni bajaradi:
1. Rang chuqurligini ta’kidlab, mahsulotni yanada ta’sirchan qiladi.
2. Har qanday gel tuzilishga ega mahsulotning sifatini saqlaydi va uning xizmat muddatini ancha uzaytiradi.
3. Quruq tenlarni chidamli podvodkaga aylantiradi.
4. Har qanday pardozni suvga chidamli qiladi.
5. Qattiqlashgan podvodka, pomada va tush tuzilishini tiklaydi.
6. Tenlar uchun baza-fiksator sifatida ishlatiladi.
7. Lab boyog‘ini kremli rumyanaga aylantiradi.
8. Eski mahsulotlarga “yangi hayot” baxsh etadi.
9. Quruq va mayda teksturalarni oson surtishga yordam beradi hamda ularning to‘kilib ketishini oldini oladi.
Duraline — professional vizajistlar va shunchaki pardozni yaxshi ko‘radiganlar uchun ajralmas vosita.
U rang va hidga ega emas, qulay suv-gel formatida taqdim etilgan hamda aniq va tejamkor foydalanish uchun pipetkali dozator bilan jihozlangan.
Duraline afzalliklari:
– Universallik: quruq, kremli va gel teksturalar bilan mos.
– Tez quriydi va makiyajni yoyib yubormaydi.
– Qulay va gigiyenik qadoq — pipetka bilan.
– Tejamkorlik — atigi 1 tomchi yetarli.

