Bir necha teginishda teringizga lahzalik yangilik va tabiiy qizillik! Cream Stick Blush kremli rumyanasi kundalik pardoz uchun ajralmas mahsulot! Sizga tetik ko‘rinish va tabiiy go‘zallik kafolatlanadi!
Rumyana ko‘p funksiyali – uni rumyana, ko‘z teni va lablar uchun tus beruvchi tint sifatida foydalanish mumkin. Rumyana kun davomida tezda bo‘yanish uchun qulay qadoqqa ega.
– Qo‘llashda oddiy
– Oson surtiladi
– Rang intensivligi darajasini osongina nazorat qilish imkonini beradi
– Yuzga sog‘lom, tetik ko‘rinish beradi
– Tеrini sezilarli darajada namlaydi
– "Tonal kremni yemaydi" (o‘chirmaydi)
– O‘rtacha qoplamani ta'minlaydi
– Yumshoq kremli finishga ega
– Yupqa baxmal teksturaga ega
– Yuzga bir zumda yangilik bag‘ishlaydi
– Yuqori chidamlilik darajasiga ega
– Tabiiy, biroz nam finish hosil qiladi
Surtish Texnikasi:
– yanoqlar "olmasiga" surting va chakkaga torting (yoying)
– burun uchi va iyagiga surtib chiqing
– ko‘z qovoqlariga ko‘z teni kabi surting
– lablarga surtish bilan yakunlang
– surish maksimal darajada silliq bo‘lishi kerak, shunda o‘tishlar yumshoq va tabiiy chiqadi.
4 xil rang:
210 DELICATE CORAL – xira koral-shaftoli rang. Bir zumlik yangilik rangi, aynan koral va shaftoli ranglari o‘sha ajoyib yangilik, tetiklik va "quyosh bo‘sasi" effektini beradi. Ularda pushti, zarg‘aldoq (apelsin) va qizil yarim tonlar uyg‘unlashgan (har qanday teri rangiga mos keladi).
211 RUSTY PINK – zarg‘aldoq-pushti rang. Aynan shunday — "Kun botishidagi zarg‘aldoq" rangli rumyana issiq va tabiiy konturga erishish imkonini beradi. Ayniqsa, bu rang zaytun rang teriga ega qizlar uchun mos keladi hamda qoramtir va quyoshda toblangan terida ajoyib ko‘rinadi.
212 CLASSIC PINK – klassik pushti rang. Ular sovuq yarim tonga ega bo‘lib, oq va o‘rta intensivlikdagi terida yaxshi ko‘rinadi. Klassik pushti rang yuzni juda nozik, romantik qiladi va pushti lab bo‘yog‘i bilan birgalikda imidjni ajoyib ravishda to‘ldiradi.
213 INTENSE PINK – burgundiy va neytral mevali rang. Mavsumning eng urf bo‘lgan rangi! Bu rang bilan sizga super tetik ko‘rinish kafolatlanadi!

