Treys Moronining "The Feeling series" his-tuyg‘ular haqidagi kitoblar seriyasi.
Kitob o‘lchami: 21x21 sm
Muqova: yumshoq
✨bolalarga his-tuyg‘ularni tanib olish va tushunishga yordam beradi.
✨hissiyotlarni sog‘lom ifoda etish va boshqarish usullarini rag‘batlantiradi.
✨empatiya va ijobiy xulq-atvorni rivojlantiradi.
Treys Moroni - dunyoga mashhur yozuvchi, rassom, dizayner va ijodkor. U o‘z kitoblari orqali o‘quvchilarini dunyodagi yaxshi narsalarga va o‘zlari sevgan narsalarga e’tibor qaratishga undamoqchi!
Ushbu kitoblar o‘ziga ishonchni shakllantirish, o‘z-o‘zini hurmat qilishni oshirish va bolalarning rivojlanishi uchun sog‘lom hissiy asos yaratishda bebaho vosita hisoblanadi.
Har bir kitobda o‘quvchi uchun o‘z-o‘zini tahlil qilishga va tasvirlangan his-tuyg‘ularni muhokama qilishga undaydigan savollar mavjud. Shuningdek, bolalar psixologi tomonidan yozilgan ota-onalar uchun foydali eslatmalar ham mavjud.

