INGCO HTBG281328 asbob sumkasi asbob-uskunalarni tartibli saqlash va qulay olib yurish uchun ishlab chiqarilgan. Sumka mustahkam 600D Oxford materialdan tayyorlangan bo‘lib, yirtilishga va tez eskirishga chidamli. Keng ichki qismi va 6 ta cho‘ntagi yordamida отвертка, kalit, пассатиж, рулетка va boshqa kerakli asboblarni joylashtirish mumkin.
Sifatli fermuar sumkani oson ochib-yopishni ta’minlaydi. Qalin va mustahkam tutqichlari og‘ir yukda ham qulay ko‘tarishga yordam beradi. Ixcham o‘lchami sababli ustaxona, qurilish, avtoservis va uy ishlari uchun juda qulay foydalaniladi.
Mahsulot o‘lchami: 330×190×200 mm
Maksimal yuklama: 12 kg
Hajmi: 13 litr
Material: 600D Oxford


