Blok pitaniya rasmda ko'rsatilgandan biroz farq qilishi mumkin. Rasm sun'iy intelekt yordamida yaratildi.
Barqaror, stabil, ishonchli, o’zgarmas 12Volt talab etadigan turli elektron qurilmalarni quvvatlantirish uchun mo’ljallangan ta’minot manbai. Ixchamliligi va yengil vazni uy, ofis va boshqa istalgan joyda uni o’rnatish uchun qulaylik yaratadi. Yanada qulay bo'lishi uchun biz sizga 220V ga ulash uchun kabel ham qo'shib beramiz. Ushbu ta’minot manbai qizib ketmasligi, uzoq muddat sizga sifatli xizmat qilishi uchun - maxsus teshikli, zanglamas alyumin korpusli qilib ishlangan va KULLER (ventilyator) o'rnatilgan. Kirish kuchlanishi borligini ko’rsatib turuvchi indikator (chiqoqchasi) ham mavjud. Bundan tashqari kuchlanishni biroz bo’lsada (9V-15V) o’zgartirishingiz ham mumkin. Yuqori darajadagi qisqa tutashuvdan himoya qiladi. Shift, devor va elektroshitlar ichiga qotirish uchun maxsus teshiklari ham mavjud.
Muhim tavsiyalar:
- Ta’minot manbaiga qurilmangizni musbat va manfiy (±) tamonlarini tekshirib, to’g’ri ulang
- 220 Volt kuchlanishni ham ehtioytkorlik bilan ulang. Simlar bir biriga tegib ketmasligiga amin bo’ling
- Ta’minot manbaiga avval barcha simlarni to’g’ri ulab bo’lgandan keyingina elektr to’kiga ulang
- Qurilmalaringizning uzoq muddatli va barqaror ishlashini ta'minlash uchun – talab etilgan (Amper) tok kuchidan biroz kattaroq amperli ta’minot manbaidan foydalaning. Masalan qurilmangizga 12Volt 20Amper kerak bo’lsa, siz 12Volt 25 Amperligidan foydalaning. Bu elektr ta’minotidagi yukni kamaytiradi, ta’minot manbai (blok pitaniya)ni va unga ulangan qurilmangizni ham sizga uzoq yillar xizmat qilishiga sabab bo’ladi.
- 12Voltdan kam kuchlanish tavsiya etiladigan qurilmalarga aslo ulamang. Bu qurilmangizni ishdan chiqaradi.
Texnik xarakteristikalari:
Kirish kuchlanish: AC ̴180-240V
Chiqish kuchlanish: 12Volt
Quvvati: 20A=240W 30A=360W 40A=480W 50A=600W 60A=720W
Ulanish: Vintli qotirmalar orqali
Ish joyidagi harorat nominali: -15 dan +45C gacha

