Immer DF48SD-Silver qulflanadigan ixcham mini-sovutgich
Immer DF48SD-Silver — bu har bir santimetr maydon qadrli bo‘lgan joylar uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘ta ixcham va tejamkor mini-sovutgich. Uning balandligi atigi 50 sm bo‘lib, stol tagiga osongina joylashtirish, shkaf ichiga yashirish, dala hovlida devorga yaqin qo‘yish yoki bar peshtaxtasi ostiga o‘rnatish uchun juda qulay.
Ushbu modelning boshqa sovutgichlardan asosiy farqi va ustunligi — eshikning pastki qismida maxsus kalitli qulfining mavjudligidir. Bu orqali siz sovutgichni bolalardan, ofisdagi hamkasblardan yoki mehmonxonadagi begona kishilardan ishonchli tarzda qulflab qo‘yishingiz mumkin.
Qayerlarda ishlatishga mo‘ljallangan?
- Ofis va ish xonalarida: shaxsiy tushliklar, yogurtlar va salqin ichimliklarni saqlash uchun.
- Mehmonxona va xostellarda: xonalar uchun ideal mini-bar vazifasini o‘taydi.
- Dala hovli (dacha) va shahar tashqarisidagi uylarda: katta sovutgichga ehtiyoj bo‘lmaganda yoki joy yetishmaganda.
- Talabalar yotoqxonasi yoki kichik oshxonalarda: shaxsiy saqlash zonasi sifatida.
- Tibbiyot va go‘zallik (beauty) salonlarida: dori-darmonlar, ampulalar, qimmatbaho kosmetik zardob va patchlarni qulf ostida xavfsiz saqlash uchun.
Nima uchun aynan ushbu modelni tanlash kerak?
- Kalitli qulf: ichidagi mahsulotlar, ichimliklar yoki qimmat dori-darmonlarga sizdan boshqalar tegmasligiga kafolat beradi. To‘plamda maxsus kalitlari mavjud.
- Joyni tejash va sig‘imkorlik: kichkina o‘lchamlariga qaramay, u 48 litr ichki hajmga ega. Ichiga tushlik solingan idishlar, konteynerlar, mevalar va sharbat idishlari bemalol joylashadi.
- Ichki makonning to‘g‘ri taqsimlanishi: mustahkam toblangan shishadan yasalgan polkasi og‘ir idishlardan qo‘rqmaydi va yuvish uchun oson sug‘urib olinadi. Eshik qismida esa baland butilkalar va bankalarni ag‘darilib ketishdan himoya qiluvchi to‘siqlar bor.
- Muzlatish bo‘lmasi: yuqori qismida ichimliklar uchun muz bo‘lakchalari tayyorlash yoki muzqaymoq saqlashga mo‘ljallangan kichik muzlatish zonasi joylashgan.
- O‘ta sokin ishlash: shovqin darajasi minimal (40 dB gacha). Sovutgich odamning shivirlashidan ham pastroq ovozda ishlaydi, shuning uchun uni hatto yotoqxonaga, krovat yoniga ham bemalol qo‘yish mumkin — u uyquga umuman xalaqit bermaydi.
- Elektr energiyasini tejash: A+ energiya samaradorligi sinfiga mansub. Bu prubor deyarli ortiqcha tok sarflamaydi va hamyoningizni tejaydi.
- Oson boshqarish: ichki qismida mexanik buragich o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali sovutish haroratini birgina harakat bilan o‘zingizga moslab sozlab olasiz.
- Chidamli korpus: chiroyli kumushrang (Silver) korpusi tirnalishlarga chidamli, oddiy salfetka bilan oson tozalanadi va har qanday interyerda zamonaviy ko‘rinadi.
Mahsulot to‘plami (Komplektatsiya):
- Immer DF48SD-Silver mini-sovutgichi
- Toblangan shishadan yasalgan mustahkam polka
- Qulf uchun kalitlar to‘plami
- Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (instruksiya)