• Chastota, Gs - 50/60
• Fazalar soni - bitta
• Chiqish kuchlanishi (Ukir. Unom. ichida), V - 220 ± 8%
• Foydalanish harorati, °C - +0~+40
• Ruxsat etilgan kirish kuchlanish diapazoni, V - 100~270
• Nominal kirish kuchlanish diapazoni Unom., V - 100~260
• KPD, % - 98
Ushbu uskuna zamonaviy funksiyalar toʻplamiga ega tez ishlovchi avtomatik kuchlanish stabilizatoridir. U 220 Volt 50 Hz bir fazali kuchlanishga moʻljallangan maishiy hamda sanoat qurilmalari va tizimlari, laboratoriya, tibbiy va boshqa jihozlarni quvvatlantirish uchun moʻljallangan.
Tarmoq kuchlanishi 140~260 V oraligʻida oʻzgarganda, stabilizator chiqish kuchlanishini 220 V ± 8% (202,4~237,6 V) darajada ushlab turadi. Himoya funksiyalari qurilmadan uzluksiz foydalanishda xavfsiz ishlashini taʼminlaydi.
Indikatsiya tizimi old panelda stabilizatorning ish rejimlarini, shuningdek, tarmoq kuchlanishi va stabilizatorning chiqish kuchlanish darajasini aks ettiradi. Stabilizatordan foydalanishda unga ulanadigan uskunaning quvvatini ham, tabiatini ham (bundan buyon matnda yuklanish deb yuritiladi) hisobga olish kerak.
Stabilizator quvvatini chamalangan yuklanish quvvatidan 20~30 % yuqoriroq tanlashni tavsiya qilamiz.
Elektr motorlarni (asinxron elektr dvigatellar, kompressorlar, nasoslar v.b.) oʻz ichiga olgan uskunani ulashda yuqori yurgizish tokini hisobga olish va stabilizator quvvatini nominal yuklanish quvvatidan 2,5~4 baravar balandroq tanlash kerak.
Hurmatli xaridor! Kompaniyamizning ishonchi uchun tashakkur, umid qilamizki, siz sotib olgan mahsulot sizning barcha talablaringizga javob beradi. Salbiy fikr bildirishga shoshilmang agar mahsulot biron sababga ko'ra ishlamasa, maslahat, muammoni hal qilish yoki mahsulotni almashtirish uchun menejerimizga murojaat qiling.
Diqqat!!! QURILMANING HADDAN TASHQARI YUKLANISHIGA YO'L QO'YMASLIK UCHUN STABILIZATOR UCHUN TO'G'RI YUKNI TANLANG!!

