Ikki tomonlama doska kundalik foydalanish uchun qulay va amaliy yechim hisoblanadi. Bir tomoni oq markerli doska, ikkinchi tomoni yashil bo‘rli doska bo‘lib, yozish, chizish va taqdimotlar uchun juda mos. Mustahkam alyuminiy ramka, sifatli yuzasi va qulay marker tokchasi bilan jihozlangan. Maktab, bog‘cha, o‘quv markazlari, ofis, uy sharoiti hamda repetitorlar uchun ideal tanlov.
Doska devorga osib foydalanish mumkin. Yuzasi oson tozalanadi, uzoq muddat xizmat qiladi va kundalik ishlatishda qulaylik yaratadi.
Mavjud o‘lchamlar:
40 × 60 sm
50 × 70 sm
60 × 90 sm
70 × 100 sm
Turli o‘lchamlar tufayli ehtiyojingizga mos variantni tanlashingiz mumkin. Maktab, ofis yoki uy uchun ishonchli va qulay doska.

