Ikki qavatli Loft metall krovati yaxlit, sifatli metalldan yasalgan - qoldiq va chiqindilar aralashtirilmagan. Konstruksiyasi mustahkam, turg‘un va uzoq muddat deformatsiyalanmasdan va sinmasdan foydalanishga mo‘ljallangan.
Karavot zamonaviy dizaynda ishlangan bo‘lib, mijozning xohishiga ko‘ra model tanlash imkoniyati mavjud. Metallning qalinligi 1,2-0,8 konstruksiyaning qattiqligini ta’minlaydi: krovat egilmaydi, sinmaydi va har bir yotoq joyiga 95-120 kg gacha bo‘lgan yukni ishonchli ravishda ko‘taradi. Payvandlash sifatli va puxta bajarilgan, bu esa mustahkamlik va xavfsizlikni oshiradi.
Yotoq joyi o‘lchami - 200×80 sm, o‘smirlar va kattalar uchun mos keladi. Karavot to‘shaksiz keltiriladi.

