Ushbu kitob muallifi — taniqli ayollar psixologi Marziya Bekaydar. Uning maslahatlari ko‘plab ayollarning qalbidan joy olib, ularga oilaviy baxt va ichki xotirjamlikka erishishda ko‘maklashdi. Muallifning ilk kitobi — «Og‘riq yo‘q... Iroda bor... Yaratganning irodasi...» nafaqat Qozog‘istonda, balki uning chegaralaridan tashqarida ham katta shuhrat qozondi. Mazkur kitob avvalgisining mantiqiy davomi bo‘lib, unda muallif o‘z tamoyillariga sodiq qolgan holda, kitobxonlarga chinakam baxt va xotirjamlikka yetaklovchi o‘ziga xos yo‘lni topishda yordam berishni maqsad qilgan.

