• Smartfondan boshqaruv: ha
• Kuchlanish manbai: 100-220 V (AC/DC)
• Turi: aqlli rele, tugmali ulagich (panel)
• RF 433 ulagichlaridan boshqaruv: ha
• Yuklama maksimal quvvati: 3400 W
• Simsiz interfeyslar: WiFi 2.4GGs va RF 433.92 MGs
• Ishchi harorat: -20 ... +50 °С
• Rele o'lchamlari: 42x23x43 mm
• Vazni: 30 gr
• Maksimal tok kuchi: 16 A
Ham smartfondan, ham Alisa ovozli assistentidan, Internet ishmagan hollarda esa, radioboshqaruvli viklyuchatellar yoki pultlardan boshqarsa bo'ladigan UNIVERSAL RELE ga ega bo'lishni istaysizmi?
Unda kutib oling...
2 diapazonli universal releni xarid qilish uchun tegishli opsiyani tanlashingiz mumkin.
Aqlli WiFi+RF433 rele yordamida uyingizni yanada aqlliroq qilishiga imkon bering. Ushbu qurilma odatdagi elektr simlarini o'zgartirmasdan zamonaviy texnologiyalarni kundalik hayotga qo'llashni istaganlar uchun ideal echimdir. Alisa, Alexa, Google Assistant va boshqalar kabi mashhur ovozli assistentlarini qo'llab-quvvatlash bilan boshqaruvni sodda va qulay bo'ladi.
Ushbu aqlli qurilmanini asosiy afzalliklaridan biri uning bir vaqtning o'zida WiFi 2.4 Ggs hamda RF 433 MHz diapazonlari orqali ishlash qobiliyatidir, bu Sizga ham mobil ilova yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan, ham Alisa ovozli yordamchisidan va ham RF 433 MHz radiodiapazonida ishlovchi bir nechta ulagich panellari yoki uzoq masofali pultlardan uyingizdagi qurilmani boshqarish imkonini beradi. Mobil ilova ulanishning qulayligi va ishonchliligini ta'minlab, tez va oson boshqarish jarayonini taklif etadi. Masofadan boshqarish pulti sifatida aqlli rele yordamida chiroqlarni, televizorni, konditsionerni, suv isitgichni va boshqa qurilmalarni to'g'ridan-to'g'ri smartfoningizdan yoki RF433 viklyuchatel panellaridan boshqaring.
Qurilma Tuya Smart, Smart Life kabi tizimlarda aqlli uy ssenariylarini qo'llab-quvvatlaydi. Bu Sizga kundalik vazifalarni avtomatlashtirish va turli xil qurilmalar uchun taymerlarni sozlash imkonini beradi. Masalan, Siz ma'lum bir vaqtda chiroqlarni yoqishni sozlashingiz yoki bitta xonadagi qurilmalarni guruhlash uchun skript (ssenariy) yaratishingiz mumkin.
IP16 himoya darajasi yuqori namlik yoki chang sharoitida ham qurilmaning ishonchliligini kafolatlaydi. Aqlli qurilma 3.4 kVt (220V 16A) gacha bo'lgan yuklamaga bardosh bera oladi, bu esa uni aksariyat maishiy texnikalar bilan ishlatish imkonini beradi (yuqori quvvatli qurilmalarni uzoq vaqtga ulash tavsiya etilmaydi, bu relening qizishgiga va ishlash muddati qisqarishiga sabab bo'lishi mumkin). Bundan tashqari, qurilmani o'rnatish mavjud simlarni almashtirishni talab qilmaydi, bu Sizning uyingizga integratsiya jarayonini ancha osonlashtiradi.
Aqlli WiFi+RF433 relesi yordamida Siz uyingizni to'liq nazorat qilish, hayot sifatini yaxshilash va vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Aqlli uy boshqaruvchisi Sizning makoningizni avtomatlashtirish uchun innovatsion echimlarni taklif qilib, elektron qurilmalar va yoritishni boshqarishda ajralmas yordamchiga aylanadi.
Aqlli qurilma Alisa bilan, shunchaki uy jihozlarini boshqaruvchi moslama emas, balki bu Sizning uyingiz kelajagiga qadam ham hisoblanadi. O'zingizga zamonaviy texnologiyalarning qulayligidan ortiqcha qiyinchilik va xarajatlarsiz bahramand bo'lishga imkon bering. Ushbu WiFi+RF433 relesining barcha afzalliklarini kashf eting va aqlli uyingiz uchun yangi imkoniyatlar ufqlarini oching.
Ikki diapazonli WiFi+RF433 universal relesiga WiFi tarmog'idan tashqari, RF 433.92 MGs radiodiapazonida ishlovchi ko'plab tugmali panellar va pultlar tomonidan ham bog'lanish mumkin. Bu bilan relening imkoniyatlari keskin ortadi. Chunki, agar Siz oddiy WiFi-releni faqat mobil ilova hamda ovozli assistentlar yordamida, oddiy RF433-releni esa faqat tugmali radioboshqaruv viklyuchatellari yoki pultlari yordamida boshqara olgan bo'lsangiz, UNIVERSAL RELE ushbu funksiyalarning barchasini bir vaqtda, parallel ravishda bajara oladi.
1) 3 tagacha tugmali RF433 tugmali viklyuchatellarida, ochiq hududda - 30-50 metrgacha.
2) doirasimon tugmali pultlar, jumladan mini-pultlar (barchasi faqat bitta tugmaga ega), ochiq hududda - 30 metrgacha.
3) ko'p tugmali radioboshqaruv pultlari, tashqi antennali variantlarida 500-1000 metrgacha.
Faqat WiFi+RF433 rele, miqdori bo'yicha: 1 dona, 2 dona yoki 4 dona;
Shuningdek, tugmali panellarni do'konimizdagi boshqa tovar kartochkasi orqali ham turli xil ranglarda alohida sotib olishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz!
Bundan tashqari, agar relega ulangan yuklamani 1 km gacha va undan uzoq masofadan boshqarishni ham xohlasangiz, bunday tashqi antennali pultlarni ham do'konimiz sahifalaridan topishingiz mumkin!
1. Mobil ilovadan boshqarish. Qurilmaning elektr tarmog'iga ulanishini, vaqt asosida boshqarishni va boshqa funktsiyalarni boshqarish uchun mobil telefondan foydalaning. Telefonda tarmoq mavjud ekan, uydagi qurilmalarni dunyoning istalgan joyidan boshqarilish mumkin bo'ladi.
2. RF433 tugmali panellaridan (ulagichlaridan) boshqarish. Zarurat bo'lsa, 1 ta WiFi-RF433 relesiga bir nechta RF433 tugmali panelni bog'lash mumkin. Natijada, 1 ta relega ulangan yuklamani bir nechta joydan boshqarish imkoniyati yaratiladi. Agar WiFi+RF433 relesiga ulangan keng hududdagi chiroq yoki boshqa jihozlarni bir nechta (masalan, hovliga tashqi eshikdan kirish eshigi oldidan, xonadonga kirish eshigi oldidan, tomorqadan, 2-qavatdan, podvaldan va hokazo) joylardan boshqarish zarurati tug'ilsa, relega tegishli sondagi RF433 panelli ulagichlarini bog'lab qo'yish yetarli bo'ladi.
Xuddi shuningdek, 1 ta tugmali panelga bir nechta WiFi-RF433 relesini bog'lab qo'yish mumkin. Natijada, 1 ta paneldan bir nechta WiFi-RF433 relesiga ulangan yuklamalarni boshqarish imkoniyati yaratiladi.
3. Ovozli boshqaruv. Rele Yandex Alisa, Google Assistant, Alexa va boshqa ovozli yordamchilarni bilan ishlay oladi.
4. Vazifalar jadvali. Siz taymerlarni sozlashingiz mumkin, natijada, yuklamani ma'lum bir vaqtda ma'lum bir chastota bilan yoqish va o'chirish mumkin bo'ladi.
5. Oilaviy boshqaruv. WiFi+RF433 releni oilaning barcha a'zolari o'z smartfonidan boshqarishlari mumkin. Shuningdek, har bir smartfondan uydagi barcha aqlli qurilmalarni boshqarish mumkin. Bunda har bir oila a'zosi mobil ilovada o'z akkauntidan foydalanadi.
6. Guruh nazorati. Boshqarish qulayligi uchun qurilmalaringizni ilovada guruhlashingiz mumkin. Masalan, hovlidagi barcha qurilmalarni bitta guruhga birlashtirib qo'yish mumkin. Shuningdek, har bir xonadagi qurilmalarni alohida guruhlarga ajratib olish mumkin.
7. Ulanish uchun neytral liniya ishtirok etishi shart. Lekin ushbu imkoniyat qurilmaning ulagich yoki rozetka rejimlarida qo'llash imkonini yaratib beradi.
8. Bluetooth orqali tez bog'lanish. Bluetooth yoqilgach, telefon qurilmani tezroq topadi, ulanish tezligi oshadi va barqarorlashadi.
9. Oxirgi holatni eslab qolish. Elektr energiyasi uzilib ulansa - avtomatik ravishda oxirgi holati yoki oldindan belgilangan boshqa holat avtomatik ravishda tiklanadi.
10. Simli ulanishning uchta usuli (Ikki tomonlama / bir tomonlama / ulagichsiz). Mexanik ulagichni ulamasdan ham to'g'ridan-to'g'ri relega bog'lanish mumkin. Bunda boshqaruv faqat WiFi yoki RF433 panellaridan masofadan bajariladi.
11. Rozetka rejimi. Ulanish oddiyligi har qanay elektr qurilmasini aqlli qurilmaga aylantirish imkonini beradi. Standart devor rozetkasi qutisiga releni oson joylashtirilishi mumkin. Bunday rozetka orqali maksimal tok kuchi 16A gacha bo'lgan har qanday qurilmani aqlli boshqarish mumkin.
12. Tuya Smart / Smart Life aqlli uy ssenariylarida foydalanish mumkin. Masalan: "Barcha yoniq qolgan chiroqlar soat 23:00 da o'chirilsin", yoki harorat sensori bilan birgalikda Siz quyidagi skriptni yaratishingiz mumkin: "Mehmonxonadagi harorat 29°C dan ortsa -> konditsioner yoqilsin, 24°C dan tushib ketsa -> o'chirilsin" kabi.
13. Smartfondan masofadan boshqarish pulti sifatida foydalanib, chiroqlarni, televizorni, konditsionerni, suv isitgichni, suv nasosini va boshqa yuklamalarni qulay boshqarish imkoniyati.
14. Uydagi elektr simlarini qayta o'tkazish talab etilmaydi.
Hurmatli xaridor!
Agar Siz mahsulotimizni sotib olganingizdan so'ng, uning yuqorida sanab o'tilgan bironta imkoniyatidan foydalanishda savol tug'ilsa, qo'shimcha ma'lumotlar uchun bizga chat orqali murojaat qilishingiz mumkin.

