• Mualliflar o‘zbek adabiyotining ustunlari: Usmon Azim, Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam va Xurshid Davron!
• Usmon Azim muxlislari shoirning lirikasini juda yuksak baholaydi! “Bir parcha osmon”da esa eng yangi she‘rlar bilan birga triptix hikoyalar hamda dramatik asar o‘rin olgan!
• Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmasi”da turli yillarda yozilib, qahramonlari, allaqachon hammamizga tanish bo‘lib ulgurgan eng sara hikoyalar, “Otoyining tug‘ilgan yili”, “Halinchak uchayotgan qizaloq” qissalari o‘rin olgan.
• Murod Muhammad Do‘st. Bu nomning o‘zi yetarli. Ustoz haqida ortiqcha gapirish shart emas. “Galatepaga qaytish” kitobida esa “Galatepaga qaytish” va “Iste’fo” qissalari berilgan.
• Ustoz Xurshid Davronning tarixiy badialarini o‘quvchilar uzoq yillardan beri kutishadi. IKAR esa sizga bunday durdona asarlarni o‘qish imkonini beradi!
Usmon Azimning she’r va hikoyalari, Erkin A’zamning hikoya va qissalari, Murod Muhammad Do‘stning qissalari hamda Xurshid Davronning tarixiy badialari bir futlyardan joy olgan!
“Kitoblarning har biri yaxshi xonadon va yaxshi insonlarga yetib borsin! Bu kitob qaysi oilaga bormasin, uni bir kishi o‘qimaydi, o‘zbeklar televizorni ko‘plashib, oilaviy ko‘rganidek bu kitoblarni ham oila bilan o‘qisin, bunday kitoblar ko‘payaversin!”





