Kitob haqida
Biz ko‘p narsalarni o‘zgartirishga qodirmiz: o‘z xulq-atvorimizni, fikr va his-tuyg‘ularimizni, odatlarimizni, jumladan, qutulmoqchi bo‘lgan odatlarimizni ham. Aksariyat muammolarni mustaqil hal qilish mumkin. Buning uchun o‘z resurslaringizdan foydalanishni o‘rganib, atrofdagilarni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish lozim.
Ushbu kitobda mustaqil diagnostika o‘tkazish usullari keltirilgan, haqiqiy o‘zgarishlar tarixi batafsil tavsiflangan va har bir tamoyil va g‘oyani ko‘rsatuvchi o‘zgarishlarning aniq misollari keltirilgan. Pul yig‘ishni boshlamoqchimisiz, kechki payt ovqatlanishni to‘xtatmoqchimisiz yoki o‘z-o‘zini yo‘q qiladigan va giyohvandlikka olib keladigan xatti-harakatlarning boshqa shakllariga chek qo‘ymoqchimisiz, bu algoritm sizga kerakli natijalarga erishish imkonini beradi.

