Albino katta idish quritgich oshxonada yuvilgan idishlarni quritish va tartibli saqlash uchun mo‘ljallangan 2 qavatli metall sushilka. Yuqori qavatda likopcha va tarelkalarni tik holatda joylashtirish uchun ko‘p sonli ajratgichlar mavjud. Pastki qavat piyola, kosa, krujka va boshqa oshxona buyumlarini erkin joylashtirishga qulay. Yon qismdagi maxsus bo‘lim qoshiq, vilka va boshqa mayda anjomlarni bir joyda saqlashga yordam beradi.
Yon tomonlardagi qo‘shimcha ushlagichlarga stakanlarni osib quritish mumkin. Pastki qismda suv yig‘uvchi katta taglik mavjud bo‘lib, suvning stol ustiga oqishini kamaytiradi. Oq rangli metall konstruktsiya oshxona ichki ko‘rinishiga oson mos tushadi.

