Fleshka USB 3.0 HP Flash Drive („fleshka“) — kompyuter uchun tashqi axborot va ma’lumotlarni tashuvchi qurilma turi. Fleshka turli koʻrinishda boʻlib, asosiy farqi dizayni, sigʻimi, interfeys turi va qoʻshimcha imkoniyatlarida koʻrinadi. Sigʻim jihatdan — fleshkalar xilma-xil. Hozirgi kunda 1 GB dan, 128GB va undan katta sigʻimli fleshkalar mavjud.Asosan fleshka sigʻimining kattaligi, ixchamligi, elektr energiyasi talab qilmasligi, yuqori tezlikda axborot uzatishi, mexanik va elektromagnit taʼsirlardan himoyalanganligi va universalligi (har qanday kompyuterga, televizor, audio-videopleyerga tushaveradi) bilan tavsiflanadi.

