Kechasi beliz og'rimaydi — yonboshlab bemalol uxlaysiz. Homiladorlikning boshidan to chaqaloqni emizgungacha ishlataverasiz.
J-shakldagi homiladorlar uchun yostiq qorin, bel va oyoqni birdaniga ushlab turadi. Chap yonboshda qulay yotasiz, kechasi orqaga ag'darilib ketmaysiz. Tug'ruqdan keyin emizikli onalar uchun yostiq sifatida ham ishlatsa bo'ladi.
Nega onalar aynan shu yostiqni olishadi:
✔ 3 tasi 1 da — asosiy J-yostiq 150 sm, tayanch yostiq 50 sm va bel uchun valik
✔ Valik belning tagidagi bo'shliqni to'ldiradi — oddiy yostiqlarda bunaqasi yo'q
✔ Eni 65 dan 80 sm gacha sozlanadi — o'zizga moslaysiz. Qismlari lipuchka bilan ulanadi, kechasi surilib ketmaydi
✔ Qorin yostiqqa tayanadi, oyoqni ustiga qo'yasiz — bel ham, oyoq ham dam oladi
✔ Uxlashga ham, yarim yotib dam olishga ham, emizishga ham bo'ladi
✔ Chexoli 100% paxta (xlopok) — yumshoq, havo o'tkazadi, tanaga yoqimli
✔ Balandligini o'zingiz sozlaysiz: yashirin zamogini ochib, ichidagi to'ldirgichni qo'shasiz yoki olib qo'yasiz
Qanday ishlatiladi:
- Uxlash — yostiqni quchoqlab, qorin va tizzani ustiga qo'yasiz, valikni belga qo'yasiz
- Dam olish — yostiqni karavot boshiga tirab suyanasiz: kitob o'qish, kino ko'rishga qulay
- Emizish — yostiqni tizzaga qo'yasiz, chaqaloq ustida yotadi, qo'l va bel charchamaydi
Xarakteristikasi:
- Shakli: J-shakl, 3 qism
- Asosiy yostiq uzunligi: 150 sm
- Tayanch yostiq: 50 sm
- Eni: 65–80 sm, sozlanadi
- Chexoli: 100% paxta (taroqlangan, 60s)
- Ichidagi to'ldirgich: 100% poliefir tola
- Chexoli yechiladi, yashirin zamok bilan
- O'lchamlari qo'lda o'lchangan, 1–2 sm farq bo'lishi mumkin
Parvarishi:
Chexolini yuvsa bo'ladi. Ichki qismini yuvmang — shamollatib, quyoshda quriting, shunda hajmini yo'qotmaydi.
Muhim: yostiq vakuum paketda keladi. Ochganizdan keyin yaxshilab qoqib, bir necha soat qo'yib qo'ying — o'z holiga keladi.
Homilador ayolingizga, singlingizga yoki dugonangizga zo'r sovg'a bo'ladi.

