Zamonaviy dizayndagi hojatxona uchun napolniy (polga qo‘yiladigan) cho‘tka — gigiyena va qulaylikni birlashtirgan amaliy yechim.
Ushbu hojatxona cho‘tkasi mustahkam, namlikka chidamli plastmassadan tayyorlangan bo‘lib, ergonomik tutqichga ega. Yopiq stend (podstavka) tufayli cho‘tka gigiyenik sharoitda saqlanadi va noxush hidlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Polga qo‘yiladigan shakli esa uni hech qanday teshish yoki mahkamlashlarsiz bemalol joylashtirish imkonini beradi.
Kompakt o‘lchamlari va zamonaviy minimalist dizayni uni har qanday hojatxona yoki hammom interyeriga mos qiladi.
Cho‘tka quyidagi to‘rt xil zamonaviy rangda taqdim etiladi:
🔹 Oq
🔹 Qora
🔹 Haki (yashil tus)
🔹 Kulrang (seriy)

