Hijobli va ibodatli ayollarimiz uchun hayotni osonlashtiradigan juda qulay va zaruriy mahsulot! Ushbu maxsus yeng-yoqa (nakidka) yengi kaltaroq yoki yoqasi ochiq koʻylaklar, sarafanlar va tunikalar ichidan kiyish uchun moʻljallangan. U koʻkrak qismini va qoʻllarni toʻliq yopib, qomatni ortiqcha qalinlashtirmaydi va issiq kunlarda ham oʻzingizni qulay his qilishingizni taʼminlaydi.
Yumshoq va nafas oluvchi trikotaj (rubshik) matosidan tikilgani sababli tanaga botmaydi, choʻziluvchan va kiyimlar ostidan mutlaqo bilinmaydi.
Afzalliklari:
Ortiqcha qalin kiyimlarsiz ochiq koʻylaklarni ham hijobga moslashtirish imkoniyati.
Yumshoq, elastik va havo oʻtkazuvchan trikotaj
Baland yoqali, uzun yengli va koʻkrak ostida mahkam turuvchi qulay bichim.
Har qanday kiyimga mos tushuvchi universal qora va oq ranglarda.

