JACKSTRAW Hijab Dress Tape — hijob, ro‘mol va sharfni tartibli va qulay ushlab turishga yordam beruvchi ikki tomonlama yopishqoq lenta. Yopishqoq lenta hijob yoki ro‘molning kerakli qismini mahkamlash, kiyimni yanada ozoda ko‘rinishda saqlash uchun foydalaniladi.
Lenta ixcham shaklda bo‘lib, sumka yoki kosmetichkada olib yurish uchun qulay. Kundalik foydalanishda, ishda, o‘qishda, mehmondorchilikda yoki bayramona tadbirlarda kerak bo‘lishi mumkin.
Lentadan kerakli uzunlikdagi qismini ajrating. Himoya qatlamini olib tashlab, lentani kerakli joyga ehtiyotkorlik bilan joylashtiring. So‘ngra matoni ustiga qo‘yib, yengil bosib mahkamlang.
Eslatma: Mahsulotni ishlatishdan oldin matoning kichik, ko‘rinmaydigan qismida sinab ko‘rish tavsiya etiladi.

